05:34 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
333 0 0

Iordaniyada oʻtgan litsenzion turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun 7 litsenziya, shuningdek, 3 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun boks boʻyicha Tokio-2020 litsenzion turniri oʻz yakuniga yetdi. Oʻzbekiston erkaklar oʻrtasida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar qildi.

Turnirdagi soʻnggi jangda avstraliyalik Jastis Xyuniga qarshi ringga koʻtarilgan Bahodir Jalolov kuchli zarbalari bilan raqibini taslim etdi va ushbu muvaffaqiyati bilan delegatsiyaning musobaqadagi ishtirokiga chiroyli yakun yasab berdi

“Shu tariqa Iordaniyada oʻtgan litsenzion turnir orqali terma jamoamiz Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yettita litsenziya, shuningdek, 3 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻldi va erkaklar oʻrtasida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi”, - deyilgan xabarda.

Musobaqada Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma olgan bokschilar roʻyxati:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov (bronza medal)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov (oltin medal)
-63 kg: Elnur Abduraimov (oltin medal)
-69 kg: Bobousmon Baturov (bronza medal)
-91 kg: Sanjar Tursunov (bronza medal)
+91 kg: Bahodir Jalolov (oltin medal)
-51 kg: Tursunoy Rahimova

Asosiy mavzular