19:52 13 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Sport
Havola olish
817 0 0

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Tokio - 2020 oʻyinlari qoldirilmasligini va musobaqalar har bir sportchi va delegatsiya aʼzosi xavfsizligi taʼminlangan sharoitda oʻtkazilishini tasdiqladi.

TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. Koronavirus tufayli koʻplab madaniy va sport tadbirlari bekor qilinayotgan vaqtda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Tokio 2020 yozgi Olimpiada oʻyinlari qoldirilmasligini xabar qildi. 

XOQ rasmiy bayonotiga koʻra, boʻlajak Olimpiya oʻyinlari belgilangan sanada oʻtkaziladi va tashkiliy qoʻmita 2 ta eng muhim shartga amal qiladi:

  1. Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan har bir sportchi, delegatsiya aʼzolarining xavfsizligini taʼminlash;
  2. Olimpiya sport turlari va atletlar manfaatini himoya qilish.

Ayni paytga kelib musobaqaning 57 % yoʻllanmalari oʻz egalarini topib boʻlgan. Qolgan 43 % litsenziyalar taqsimoti quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

Birinchidan, allaqachon qoʻlga kiritilgan kvotalar MOQ va sportchilar hisobida qoladi. 

Ikkinchidan, rejalashtirilgan kvalifikatsion turnirlar har bir jamoa va sportchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yuzaga kelganida adolatli amalga oshiriladi.

Va uchinchidan, saralash tizimidagi har qanday oʻzgarishlar quyidagilarga asoslanadi:
– Shu vaqtgacha boʻlgan natijalar (avvalgi koʻrsatkichlar, milliy federatsiyalar reytingi va hokazo);
– Mavjud tanlov tamoyillari (kontinental va mintaqaviy musobaqalar, qoʻlga kiritilgan reytinglar va boshqalar). Qolgan kvotalar istisno holatlarida Tokio-2020 tashkiliy qoʻmitasining koʻrib chiqishi bilan taqsimlanishi mumkin.

XOQning yuqorida keltirilgan tamoyillarga muvofiq milliy federatsiyalar har bir sport turining saralash tizimidagi kamchiliklari boʻyicha alohida takliflar kiritishi mumkin. 

Asosiy mavzular