13:20 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Sport
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1089)
81710

Italiya klublari uch nafar futbolchisida COVID-19 infektsiyasi aniqlangani maʼlum boʻldi. Ronaldu oʻz vatanida karantin oʻtkazmoqda.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. “Yuventus” klubining portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu koronavirusga tahlil topshirdi. Tahlil natijasi futbolchida yangi turdagi koronavirus infektsiyasi yoʻqligini koʻrsatdi. Bu haqda Eurosport xabar qildi.

Taʼkidlaniicha, “Yuventus” klubi barcha futbolchilar va xodimlari test natijalarini oldi. Ayni vaqtda faqat uch nafar futbolchida - Daniele Rugani, Blez Matyuidi va Paulo Dibalida virus aniqlandi.

Ronaldu Madeyra orolida karantin oʻtkazmoqda. Italiya chempionati 3 aprelgacha tanaffus oldi.

Italiya Yevropa mamlakatlari orasida COVID-19 boʻyicha kasallanganlar va undan vafot etganlar soni boʻyicha yetakchilik qilmoqda.

Jon Xopkins universiteti qoshidagi tadqiqot va injinirng markazi maʼlumotlariga koʻra, 59 138 kishi kasallandi, 5476 kishi vafot etdi va 7024 kishi sogʻayib ketdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1089)

Asosiy mavzular