14:54 07 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Sport
Havola olish
30501

Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari joriy yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq dunyodagi pandemiya vaziyati tufayli oʻyinlarni keyingi yilga qoldirishga qaror qilingan.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari qoldirildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yozilishicha, Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe joriy yilning yozida boʻlib oʻtishi belgilangan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarini keyingi yili oʻtkazilishi boʻyicha kelishuvga erishgan.

“2021 yilning yoz fasli Tokio Olimpiadasi uchun oxirgi sana boʻlib qoladi”, - deya qoʻshimcha qilgan Abe.

Eslatib oʻtamiz, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari 2020 yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar, Paralimpiya oʻyinlari esa 25 avgustidan 6 sentyabriga qadar oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi.

Asosiy mavzular