23:52 17 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Sport
Havola olish
545 0 0

Koronavirus sabab joriy yil Tokio shahrida oʻtkazilishi kerak boʻlgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari bir yilga surilgan edi.

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Tokio shahrida oʻtkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari 2021 yil 23 iyulda boshlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar qildi.

Qaror Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi va Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining tashkiliy qoʻmitasi bilan birgalikda qabul qilingan.

“Rasmiy eʼlonga koʻra, kelasi yil oʻtadigan Olimpiya oʻyinlari 1 kunga oʻzgardi va 23 iyul – 8 avgust kunlariga belgilandi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz,Olimpiya oʻyinlari shu yilning 24 iyulidan 9 avgustiga qadar oʻtishi belgilangan edi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab u bir yil ortga surilgan edi.

Asosiy mavzular