Habib Nurmagomedov “Humo” xokkey klubida murabbiylik qiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovXabib Nurmagomedov
Xabib Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mag‘lubiyat nimaligini bilmagan rosssiyalik jangchi “Humo” xokkeychilariga yakka kurash sirlarini o‘rgatadi.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. Rossiyalik aralash yakka kurash jangchisi, yengil vaznda UFC mutlaq chempioni Habib Nurmagomedov va Toshkentning “Humo” xokkey klubi hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi.

“MMA jangchisi klubga yakka kurash bo‘yicha murabbiy bo‘lib keladi”, - deya xabar qildi “Humo” matbuot xizmati. – Habibga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!”

Tunislik Aladdin bin Xalima o‘zbekistonlik Muzaffar Rajabovga qarshi. - Sputnik O‘zbekiston
GFC-20 janglari – eng qiziqarli foto-suratlar

Klub himoyachisi Igor Merejko jamoa ushbu yangilikni katta xursandchilik bilan qabul qilganini ta’kidlagan.

“Bizning jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyimiz Arnis Riteniyeks yakka kurashning juda yaxshi ko‘nikmasiga ega, endilikda Habib bilan ikki kishi bo‘lib bizga ko‘p narsani o‘rgatishadi. Uning jamoamizga kelib qo‘shilishini sabrsizlik bilan kutapmiz”, - dedi Merejko.

“Humo”klubining Instagram´dagi Nurmagomedov haqidagi xabari ostiga foydalanuvchilar ko‘plab izoh yozib qoldirishmoqda. Ba’zi foydalanuvchilar bugun birinchi aprel, Kulgi kuni ekanligini unutib, ishonishganini aytishgan. Boshqalar esa buni birinchi aprel hazili ekan degan qat’iy fikrda.

“Ha-ha, ertalabdan Ronaldo va Messi qo‘ng‘iroq qilishdi. Aytishlaricha, ular futbolchilarimizga murabbiylik qilishar ekan”,  - deya yozgan foydalanuvchilardan biri.

“O‘yinchilarning jismoniy tayyorgarligi uchun Krishtianu bilan ham shartnoma imzolang”, - deya taklif bildirgan boshqasi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston poytaxtidagi Humo Arena sport majmuasida ilk bor bo‘lib o‘tgan aralash jang san’ati bo‘yicha xalqaro musobaqada Habib Nurmagomedov faxriy mehmon sifatida qatnashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0