“O‘zingizni mening o‘rnimga qo‘yib ko‘ring”: Nurmagomedov Ferguson bilan jangni bekor qildi

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishXabib Nurmagomedov: press-konferensiya rossiyskix boysov smeshannix yedinoborstv
Xabib Nurmagomedov: press-konferensiya rossiyskix boysov smeshannix yedinoborstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UFC-249 musobaqasining eng asosiy janglaridan biri Habib Nurmagomedov va Toni Ferguson o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak edi.

TOShKENT, 2 apr — Sputnik. Yengil vaznda UFC jahon chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov Toni Ferguson bilan jangi bekor qilinishini ma’lum qildi. Bu haqda sportchi instagramdagi sahifada post yozib qoldirdi.

Nurmagomedovning ma’lum qilishicha, u uyda karantinda o‘tiribdi. Butun dunyo karantin qoidalariga rioya qilib uyda o‘tirgan bir paytda, u dunyo bo‘ylab parvoz qilib mashg‘ulot o‘tkazishi kerakligi qabilidagi gap-so‘zlar uni hayron qoldirgan.

Duel vzglyadov: Xabib Nurmagomedov (sleva) i Toni Ferguson (sprava) - Sputnik O‘zbekiston
UFC rahbari Habib-Toni jangi bekor bo‘lishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi

“Jang uchun hayotimni xavf ostiga qo‘yishim kerakmi? Hammasini tushunib turibman, jang qoldirilgani uchun sizdan kam xafa emasman. Hamma singari jangdan keyin mening ham rejalarim bor edi, ammo bo‘layotgan voqealar nazorati mening qo‘limda emas. Zamonamizning buyuk davlatlari va yirik kompaniyalari nimalar sodir bo‘layotganidan shokda. Har kun vaziyat oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarmoqda. Lekin Habib shunga qaramay jang qilishi kerak – shundaymi? O‘zingizni asrang va o‘zingizni mening o‘rnimga qo‘yib ko‘ring", - deya yozgan Habib.

Nurmagomedov va Ferguson o‘rtasida jang Nyu-Yorkda 18-aprel kuni o‘tkazilishi va UFC-249 musobaqasining eng asosiy janglaridan biri bo‘lishi kutilayotgan edi. Shunday qilib ikki jangi o‘rtasida jang beshinchi marta bekor qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0