06:35 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
20020

#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenji 6-26 aprel kunlari oraligʻida oʻtkaziladi. Har toʻrtinchi kunda chellenjning uch kunlik gʻoliblari aniqlanib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlab boriladi.

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi hamkorligida oʻziga xos salomatlik aktsiyasini eʼlon qiladi.

#uydaqol! #hayotgaqoʻshil! chellenji “6 aprel – Taraqqiyot va tinchlik yoʻlida Xalqaro sport kuni” munosabati bilan fuqarolar orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanishni keng targʻib etish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Sportsmenы treniruyutsya v usloviyax domashnego karantina
Video predostavleno Ministerstvom fizkulturы i sporta Uzbekistana

Buning uchun karantinda uyda qolib oila aʼzolar bilan birga badantarbiya va sport mashqlarini bajarish hamda uni videoga olgan holda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga (Facebook, Instagram)ga joylash talab etiladi.

Qolaversa, ushbu videoni Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari (facebook.com/www.sport.uz, instagram.com/minsportuz)ga ulashish lozim.

Videoroliklarni baholashda taqdim etilgan videorolikda tanlov ishtirokchisi yoki uning oila aʼzolari uy sharoitida sport bilan shugʻullanish jarayoni aks etganligi, uyda sport bilan shugʻullanish jarayoniga kreativ yondashuvi, videorolikning sifati, ishtirokchi(lar)ning uyda qolib sport bilan shugʻullanishga daʼvat etgan (chaqiriq) boʻlishi, videoroliklar 3 daqiqadan oshmasligiga eʼtibor qaratiladi.

Chellenj 6-26 aprel kunlari oraligʻida oʻtkaziladi. Har toʻrtinchi kunda chellenjning uch kunlik gʻoliblari aniqlanib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlab boriladi.

Asosiy mavzular