07:26 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
476 0 0

Svetlana Xorkina Olimpiada koʻchirilishi nima sababdan sportchilar uchun jiddiy sinov ekanligini soʻzlab berdi. Shuningdek, sakkizinchi oʻyinlarda ishtirok etib oʻz rekordini yangilashni rejalashtirgan Oksana Chusovitina kelasi yili buni albatta amalga oshirishiga ishonch bildirdi.

Badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi 24-26 aprel kunlari Bokudagi Milliy Gimnastika arenasida boʻlib oʻtishi kerak edi. Biroq, qisman koronavirus tarqalishi xavfi sabab ijtimoiy izolyatsiya rejimi tufayli musobaqa bekor qilindi.

Baʼzi sportchilar uchun bu Olimpiada birinchisi, kimdir uchun esa oxirgisi boʻlishi kerak edi. Yettita oʻyinlarda ishtirok etgan Oksana Chusovitina ham Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun tayyorlanayotgan edi. Xorkina oʻzbekistonlik rekordchi kelgusi yilda oʻyinlarda qatnashishiga umid bildirdi.

Rossiya sportchisining soʻzlariga koʻra, kimlargadur bu muddat foyda keltirishi mumkin - ular oʻzlarining chiqishlarini “charxlay oladilar”, ammo kimdir uchun vaqt teskaricha “oʻynashi” mumkin.

“Agar “boʻshagan” vaqt haqida gapiradigan boʻlsak, bu sportchilar uchun juda alamlidir. Buni juda yaxshi tushunaman, hayotingizdagi eng muhim bosqich - Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotganingizda, hamma narsani xavf ostiga qoʻyib, bor kuchingizni ayamay tayyorgarlik koʻrasiz. Bugungi kunda koʻplab sportchilar bunday sport formasining ideal choʻqqisiga yetib keldi, bu esa oʻyinlar davomida koʻplab olimpiya mukofotlarini qoʻlga kiritishga imkon berardi. Ammo endi esa ushbu formaning choʻqqisidan normal yaxshi formaga oʻtib, turli xil snaryadlarda har xil mashqlarni murakkablashtirishga imkon beruvchi jihatlarga ishlov berish kerak boʻladi”, - dedi Xorkina.

Svetlana Xorkina: gotovyas k Olimpiyskim igram, tы stavish na kon vse

Asosiy mavzular