11:16 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
54020

Rossiyalik yakkakurashchi soʻzlariga koʻra 53 yoshli Mayk Tayson hozir ham tez va kuchli, lekin ogʻir vaznli bokschining ringda harakatlanishi avvalgidek chaqqon emas.

TOSHKENT, 6 may - Sputnik. Rossiyalik yakkakurashchi Aleksandr Yemelyanenko Mayk Tayson bilan qanday jang qilishi mumkinligini aytib berdi.  

Uning soʻzlariga koʻra 53 yoshli Mayk Tayson hozir ham tez va kuchli, lekin ogʻir vaznli bokschi ringda harakatlanishi avvalgidek chaqqon emas. Shu sabab Tayson bilan jangda ringda tez harakatlanish – muhim yutuqli strategiya boʻlishi mumkin, deb yozadi Sport-Espress.  

Eslatib oʻtamiz, aprel oyining oxirida Mayk Tayson bir necha koʻrgazmali janglar oʻtkazishni rejalashtirayotganini eʼlon qilgan edi. Ushbu janglarda tushgan daromad xayriya yoʻlida ishlatiladi.

Shundan soʻng Aleksandr Yemelyanenko oʻz instagramida amerikalik bokschi bilan boks jangi oʻtkazishni orzu qilayotganini xabar qilgan edi.   

“Internet tarmoqlarida men Taysonning mashqlari va hozirgi ustaligini koʻrdim. Mayk tayson kabi afsonaviy bokschi bilan ringga tushish men uchun sharaf boʻlardi”,- dedi Yemelyanenko.

Rossiyalik bokschi soʻzlariga koʻra Tayson hali ham tez va kuchli. “Asosiysi – uning oldida toʻxtab qolmaslik. Agar u menga yetib olsa, uxlashga yuboradi. Men buni yaxshi tushunaman”, - dedi yakkakurashchi.

Tayson – insoniyat tarixidagi eng afsonaviy bokschilardan biridir. U chempionlik kamarini 6 marotaba ketma-ket himoya qilgan. U shuningdek eng tez nokautlar boʻyicha ham chempion. Toʻqqiz marotaba 1 daqiqadan kam vaqt ichida nokautga erishgan. Oʻzining soʻnggi jangini Tayson 2005 yilda oʻtkazgan edi.

Aleksandr Yemelyanenko Taysondan 15 yosh kichik (38 yoshda). MMa karyerasida 36 jangdan 28tasini gʻalaba bilan yakunlagan, ulardan 20 nokaut bilan.

Asosiy mavzular