02:56 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Sport
Havola olish
107420

UFC 249 musobaqasi doirasida Jastin Getji Toni Fergyusonni muddatidan avval taslim qilib, yengil vaznda vaqtinchalik chempionga aylandi. Habib Nurmagomedov ushbu jang yuzasidan fikr bildirdi.

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. AQShning Florida shtatida UFC 249 musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda Toni Fergyuson Jastin Getjiga magʻlub boʻldi.

Toni Fergyusonni muddatidan avval taslim qilgan Jastin Getji yengil vaznda vaqtinchalik chempionga aylandi va u endi rossiyalik  UFC  chempioni Habib Nurmagomedovning keyingi raqibi boʻlishi kerak.

Habib Twitterʼdagi sahifasida Jastin Getjini Toni Fergyuson ustidan qozongan gʻalabasi bilan tabrikladi va jang ajoyib oʻtganini yozdi. Shuningdek, u Jastin juda “juda aqlli jang” oʻtkazganini taʼkidladi.

​Soʻngra Nurmagomedov Instagramʼdagi sahifasida navbatdagi jang haqida post yozib qoldirdi. Unda uning surati va orqa fonda Getji surati aks etgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov)

“Ushbu sportda, ayniqsa, ushbu vaznda hamisha ortingdan nafas olib turadigan och sherlar boʻladi. Agar boʻshashsang – holing voy. Ayrimlar ketadi, boshqalar keladi. Buning ajablanarli joyi yoʻq. Biroq men oʻq otishdan oldin yiqilmayman. Biz hali jang qilamiz”, - deya yozgan u.

Bugungi turnirda Fergyusonga qarshi Nurmagomedov oktagonga koʻtarilishi kerak edi, biroq Habib koronavirus pandemiyasi tufayli Rossiyani tark eta olmasligi sabab jangni bekor qilgan edi. Bu bir necha yil ichida Fergyuson va Nurmagomedov oʻrtasida bekor qilingan beshinchi jang edi.

Asosiy mavzular