Yaxshiboyev Belarus chempionatida yana peshqadamga aylandi

© FK "Energetik - BGU"Jasur Yaxshiboyev
Jasur Yaxshiboyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jasur Yaxshiboyev futbol bo‘yicha Belarus chempionatining 10-turida gollari sonini 7 taga yetkazdi va to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

TOShKENT, 24-may — Sputnik. O‘zbekistonlik legioner, “Energetik-BGU” o‘yinchisi Jasur Yaxshiboyev Belarus chempionatida to‘purarlar poygasida birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

“Isloch” klubiga qarshi o‘tgan o‘yinning 13-daqiqasida Jasur Yaxshiboyev 11 metrlik masofadan belgilangan jarimani mukammal bajardi va gollari sonini 7 taga yetkazishga muvaffaq bo‘ldi. "Energetik-BGU” jamoasi raqiblarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda Jasur Yaxshiboyev to‘liq harakat qilgan bo‘lsa, Shahboz Umarov 78-daqiqada zaxiraga olindi.

Shu tariqa, ushbu g‘alaba evaziga “Energetik-BGU” musobaqa jadvalida ikkinchi o‘ringa (21 ochko) chiqib oldi va peshqadam BATEdan bir ochkoga ortda qolmoqda.

Yangiliklar lentasi
0