Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati 5-iyundan qayta boshlanadi

© Sputnik / Alexey Kudenko / Mediabankka o‘tishFutbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilgandan so‘ng futbol bo‘yicha musobaqalar ham vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. 2020-yil 5-iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bahslari davom ettiriladi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

Diyor Imamxodjayev naznachen ispolnyayushim obazannosti generalnogo direktora Professionalnoy futbolnoy ligi (PFL) - Sputnik O‘zbekiston
Diyor Imomxo‘jayev O‘zPFL bosh direktori etib tayinlandi

Qarorga muvofiq, o‘yinlar tomoshabinlar ishtirokisiz o‘tkaziladi.

“Shu bilan birga futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida professional futbol klublariga o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashga hamda 2020-yil 5-iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berildi”, - deyilgan maxsus komissiya axborotida.

Eslatib o‘tamiz,  15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilgandan so‘ng mamlakatda boshqa sport turlari qatori futbol bo‘yicha musobaqalar ham vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0