00:29 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Sport
Havola olish
694 0 0

Maʼlum qilinishicha, saralash oʻyinlari 8 oktyabrdan qayta boshlanadi va 17-noyabr kuni 2-bosqich bahslariga yakun yasaladi.

TOSHKENT, 7 iyun — Sputnik. Osiyo futbol konfederatsiyasi “Jahon chempionati-2022” va “Osiyo kubogi-2023” qoʻshma saralash bosqichining qoldirilgan uchrashuvlari sanasini maʼlum qildi. Bu haqda OʻFA matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, saralash oʻyinlari 8 oktyabrdan qayta boshlanadi va 17-noyabr kuni 2-bosqich bahslariga yakun yasaladi.

7-turni dam olish sifatida oʻtkazib yuboradigan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi saralashdagi oʻz yurishini 13 oktyabr kuni Yamanga qarshi bahs bilan davom ettiradi.

Milliy jamoa 12-noyabr kuni oʻz maydonida Singapurni qabul qilsa, 17-noyabrda boʻlib oʻtadigan soʻnggi tur bahsida Saudiya Arabistoni mehmoni boʻladi.

7-tur, 8-oktyabr
Saudiya Arabistoni - Yaman
Falastin – Singapur

8-tur, 13-oktyabr
Singapur - Saudiya Arabistoni
Yaman – Oʻzbekiston

9-tur, 12-noyabr
Oʻzbekiston - Singapur
Saudiya Arabistoni – Falastin

10-tur, 17-noyabr
Falastin – Yaman
Saudiya Arabistoni - Oʻzbekiston

Asosiy mavzular