23:34 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Sport
Havola olish
34810

Temur Kapadze qoʻl ostidagi Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichida Indoneziya, Kamboja va Eron bilan kuch sinashadi.

TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Oʻzbekiston mezbonlik qiladigan 2020 yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatiga qurʼa tashlandi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar qildi.

Qurʼa natijalariga koʻra, U19 Oʻzbekiston Indoneziya, Kambodja va Eron jamoalari bilan birgalikda A guruhidan joy oldi. Temur Kapadze shogirdlari dastlabki oʻyinni 14 oktyabr kuni Eronga qarshi oʻtkazadi. 17 oktyabrda Kambodjaga qarshi bahs boʻlib oʻtsa, Indoneziyaga qarshi uchrashuv 20 oktyabr kuniga moʻljallagan.

Soperniki sbornoy Uzbekistana
© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana.
Soperniki sbornoy Uzbekistana

Mazkur musobaqa 14—31 oktyabr kunlari Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi. Bahslar Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlarida oʻtkazilishi kerak.

U19 Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qurʼa natijalari boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib, qurʼadan koʻngli toʻlganini aytdi.

Asosiy mavzular