21:25 12 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Sport
Havola olish
120 0 0

Oʻzbekiston va Tojikiston terma jamoalarining bahsi 4 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 25 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston futbol terma jamoasi sentyabr oyida Tojikiston terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Vadim Abramov qoʻl ostidagi jamoa oktyabr va noyabr oylarida JCH—2022 va Osiyo Kubogi—2023 saralashidan oʻrin olgan qoldirilgan oʻyinlarni oʻtkazadi.

Mazkur rasmiy oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish maqsadida Oʻzbekiston Toshkentda Tojikiston bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi.

Taʼkidlanishicha, oʻyin 4 sentyabr kuni “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi.

Asosiy mavzular