01:19 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Sport
Havola olish
121 0 0

Hududlarda yosh bolalardan kattalargacha barchani qamrab olgan "Mahallada futbol", "Futbolimiz kelajagi", "Rahbar kubogi" hamda "Hokim kubogi" futbol musobaqalari tashkil etiladi.

TOSHKENT, 26 iyun - Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrugʻiga muvofiq shu yil 20-iyuldan boshlab "yashil" hududlarda sport musobaqalari boshlanadi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Barcha viloyatlarning "yashil" hududlarida futbol assotsiatsiyasi, hokimliklar, sogʻliqni saqlash va ichki ishlar boʻlimlari bilan kelishgan holda mahalla yoshlari oʻrtasida futbol boʻyicha "Mahallada futbol", "Futbolimiz kelajagi" sport musobaqalarini tashkil etishlari mumkin, deyilgan xabarda.

Mini-futbol boʻyicha "Futbolimiz kelajagi" musobaqasida 9-12 yoshli bolalar toʻrtta yosh toifasida (9, 10, 11 va 12) gʻoliblik uchun bahs olib borsa, 13-14 yoshli oʻsmirlar esa "Mahallada futbol" musobaqasida oʻz omadlarini sinab koʻrishadi. Bunda musobaqalar ikkita yosh toifasida oʻtkaziladi. Har ikkala musobaqa uch bosqichda tashkil etiladi.

Shuningdek, Jismoniy tarbiya va sport vazirldigi tashabbusi bilan vazirlik, idora va tashkilotlarning markaziy apparat, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha "Rahbar kubogi", hududiy davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha "Hokim kubogi" sport musobaqalari ham oʻtkaziladi.

Mazkur sport tadbirlari yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish, ular orasidan iqtidorli yoshlarni, chekka hududlardagi yoshlarga oʻz iqtidorini namoyon etishlariga koʻmak berish maqsadida tashkil etilmoqda.

Asosiy mavzular