01:02 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Sport
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (969)
48410

Koronavirus yoshu qari, shohu gado, jahon chempioni yoki oddiy insonni tanlab oʻtirmayapti. Ushbu kasallikni har bir kishi yuqtirib olishi mumkin.

TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Butun dunyo boʻylab tarqalib borayotgan koronavirus, afsuski, sport sohasi vakillarini ham chetlab oʻtmayapti. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi koronavirus yuqtirib olgan eng taniqli 10 nafar sportchi roʻyxatini keltirdi.

1. Paulo Dibala (Argentina) – “Yuventus” klubi futbolchisi;
2. Blez Matyudi (Frantsiya) – “Yuventus” klubi futbolchisi, jahon chempioni;
3. Daniyele Rugani (Italiya) – “Yuventus” klubi futbolchisi;
4. Novak Jokovich (Serbiya) – tennis boʻyicha 17 katta Katta dubulgʻa turnirlari gʻolibi, ayni damda jahonning birinchi raqamli tennischisi;
5. Mikel Arteta (Ispaniya) – “Arsenal” futbol klubi bosh murabbiy;
6. Abdulrashid Saʼdullayev (Rossiya) – erkin kurash boʻyicha Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari va 4 karra jahon chempioni;
7. Ismael Barrero Molina (Kuba) – yunon-rum kurashi boʻyicha Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari va 2 karra jahon chempioni;
8. Sharif Sharifov (Ozarbayjon) – erkin kurash boʻyicha London-2012 Olimpiadasi chempioni, Rio-2016 Olimpiadasi bronza medali sohibi;
9. Kevin Dyurant (AQSH) – basketbol boʻyicha ikki karra Olimpiya oʻyinlari va MBA chempioni;
10. Jorje Fonseka (Portugaliya) – dzyudo boʻyicha jahon chempioni

Ushbu roʻyxatdagi baʼzi sportchilar kasallikdan butunlay forigʻ boʻlishgan, ayrimlari esa belgilangan tartibda davolanishmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (969)
Teglar:
sport, koronavirus

Asosiy mavzular