Jan-Klod Van Damm Habib Nurmagomedovga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Galina Kmit / Mediabankka o‘tishJan-Klod Van Damm
Jan-Klod Van Damm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Van Dam o‘z so‘zida Abdulmanap Nurmagomedov bosib o‘tgan yo‘ldan hayratlanishini hamda Habib va UFC dunyosiga hamdardlik bildirishini aytib o‘tgan.  

TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. Amerikalik taniqli aktor, yakkakurash ustasi Jan-Klod Van Damm rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedovga otasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqida aktor o‘zining Istagramida xabar yozgan. 

O‘z so‘zida Van Dam Abdulmanap Nurmagomedov bosib o‘tgan yo‘ldan hayratlanishini hamda Habib va uning oilasiga hamdardlik bildirishini aytib o‘tgan.  

"Birodar, biz sen bilan real hayotda hech qachon uchrashmagan bo‘lsak ham, lekin men har doim sen bosib o‘tgan buyuk yo‘lga qoyil qolganman. Men bugun sen uchun ibodat qilaman. Joyingiz jannatdan bo‘lsin. Omin. 

Habib Nurmagomedov va UFC dunyosiga samimiy hamdardligimni bildiraman", - deb iliq so‘zlarni yozgan Van Damm o‘z Instagram sahifasida.

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan trener, jangovar sambo bo‘yicha 18 ta jahon chempionini tarbiyalagan Abdulmannap Nurmagomedov 3-iyul kuni koronavirus oqibatlaridan vafot etgan edi. U Dog‘istonda o‘zi yashab kelgan Kirovaul qishlog‘iga dafn etildi.

Yangiliklar lentasi
0