08:33 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Sport
Havola olish
20910

Avvalroq Eldor Shomurodovga Ispaniyaning “Sevilya”, Frantsiyaning "Lion" klublari qiziqish bildirayotgani maʼlum boʻlgan edi.

TOSHKENT, 9 iyul — Sputnik. Belgiyaning “Gent” futbol klubi “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport24 nashri xabar qilmoqda.

Xabarda keltirilishicha, “Gent” 8 iyul kuni 25 yoshli oʻzbekistonlik futbolchi transferi borasida “Rostov”ga soʻrov yuborgan.

Eldor Shomurodov 2017 yilning yozida “Bunyodkor” klubidan 300 ming yevro evaziga Rossiyaning “Rostov” jamoasi safiga oʻtgan edi. Joriy mavsum davomida futbolchi jamoa safida 26 oʻyinda ishtirok etib, 11 gol va sakkizta golli uzatma muallifiga aylandi.

Shomurodovning “Rostov” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt maʼlumotlari boʻyicha, futbolchining narxi 5,2 million yevroga teng.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Eldor Shomurodovga Ispaniyaning “Sevilya”, Frantsiyaning "Lion" klublari qiziqish bildirayotgani maʼlum boʻlgan edi.

Teglar:
Eldor Shomurodov, futbol

Asosiy mavzular