"Rostov" Shomurodovni sotishdan bosh tortdi 

© RPLEldor Shomurodov priznan luchshim igrokom RPL
Eldor Shomurodov priznan luchshim igrokom RPL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belgiyaning "Gent" klubi Shomurodov uchun 5 mln yevro taklif qilgan edi. "Rostov" - yo‘q deb javob qaytardi.

TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. "Rostov" futbol klubi Eldor Shomurodovni Belgiyaning "Gent" klubiga sotishdan bosh tortdi, deb xabar qilmoqda Rossiya OAVLari.  

Ma’lum bo‘lishicha "Gent" Shomurodov uchun 5 mln. Yevro taklif qilgan. 2 mln boshidan va yana 1,5 milliondan 2-yil davomida to‘lash sharti bilan. Rostov futbol klubi ushbu taklifga - "yo‘q" deb javob bergan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning "Bunyodkor" jamoasida to‘p surgan Eldor Shomurodovni "Rostov" 2017-yilda 300 ming yevroga sotib  olgan edi. Shomurodovning Rossiya klubi bilan shartnomasi 2024-yilga qadar mo‘ljallangan. 

Ushbu mavsumda Shomurodov Rossiyaning eng yaxshi hujumchilaridan biriga aylandi. Rostov jamoasi uchun o‘tkazgan 25 matchida 11 ta gol urdi va 6ta natijali uzatma amalga oshirdi. 

Ma’lumot uchun, intervyularda Shomurodovning o‘zi bir necha bor Yevropa jamoalarida to‘p surishni orzu qilishini xabar qilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0