22:42 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Sport
Havola olish
236 0 0

“Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi nomaʼlum muddatga qoldirildi. “Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda.

TOSHKENT, 12 iyul — Sputnik. Coca-Cola Superliga 9-turidan oʻrin olgan “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi nomaʼlum muddatga qoldirildi. Bu haqda Professional futbol Ligasi (PFL) rasmiy sayti xabar qilmoqda.

“Bunyodkor” klubi futbolchilaridan biri virus yuqtirib olganlikda gumon qilinmoqda. Shundan kelib chiqib, futbolchi alohida izolyatsiyaga olingan”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, “Bunyodkor” bazasi dezinfektsiya qilinadi va jamoa aʼzolari tekshiruvdan oʻtadi. Hammasi joyida boʻlgan taqdirda, futbolchilar shifokorlar nazorati ostida mashgʻulotlarni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, “Bunyodkor” bilan 7 iyul kuni bahs olib borgan “Navbahor” futbolchilari ham tekshiruvdan oʻtkaziladi. Taʼkidlanishicha, hozirda “Navbahor”ning barcha futbolchilari oʻzini yaxshi his qilmoqda.

“Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi 14 iyul kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi.

Oʻzbekistonda koronavirus bilan bogʻliq 12 855 ta holat aniqlangan. Shulardan 7723 nafari tuzalib ketgan. Virus qurbonlari soni 59 nafarga yetgan.

Teglar:
koronavirus, futbol

Asosiy mavzular