18:55 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Sport
Havola olish
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)
97710

Xalqaro olimpiada harakati afsonasi Vitaliy Smirnov Moskvada oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlarini boshqa davlatlardagi oʻyinlar bilan taqqosladi, Brejnev musobaqalarni oʻtkazishdan voz kechish haqida mashhur maktubni nega yozgan boʻlishi mumkinligi haqida farazlar bilan oʻrtoqlashdi

Agar dunyoda 60 yil davomida boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida boʻlganlar boʻlsa ham, ular soni juda oz. Ulardan biri Rossiya Olimpiya qoʻmitasi va Xalqaro olimpiya qoʻmitasi faxriy aʼzosi, oʻtmishda RSFSR Vazirlar kengashi huzuridagi Jismoniy madaniyat va sport qoʻmitasi raisi, SSSR Olimpiya qoʻmitasi raisi va Rossiya Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Vitaliy Smirnovdir.

Oʻzining 85 yoshida u har bir: 1960 yildan boshlab Italiya (Rim-60)dan boshlab oʻtkazilgan yozgi va 1972 yildan boshlab Yaponiya (Sapporo-72)da oʻtkazilgan qishgi Olimpiya oʻyinlarini mayda detallarigacha yaxshi xotirlaydi. 1980 yilda oʻtkazilgan XXII Olimpiya oʻyinlari haqida esa soatlab hikoya qilishi mumkin, chunki tashkiliy qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari boʻlgan holda ularni tayyorlash va oʻtkazish bilan shaxsan shugʻullangan.

Olimpiadalar oʻzini oqlaydimi

Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi Olimpiya oʻyinlari oʻtkaziladigan mamlakatni tanlayotganida, oʻrtaga sport inshootlaridan kelgusida foydalanish masalasi albatta tashlanadi, shu bois u infratuzilmasi rivojlangan shaharlarga ustunlik beradi va Oʻyinlardan soʻng barpo etilgan binolardan keyin qanday foydalanilishini koʻrib chiqadi, deydi Vitaliy Smirnov.

Smirnov 44 yil davomida XOQ aʼzosi boʻlgan va ushbu maqomda u barcha rekordlarni ortda qoldirgan.

Pochetnыy prezident Olimpiyskogo komiteta Rossii (OKR) Vitaliy Smirnov
© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Rossiya Olimpiya qoʻmitasi Faxriy prezidenti Vitaliy Smirnov anʼanaviy Olimpiya yigʻilishida.

Smirnov Monreal, Afina va Rio-de-Janeyro bilan qoʻmita biroz yanglishganini, ammo Olimpiada-80 Moskvada oʻta koʻpxarjli boʻlganini, lekin oʻzini oqlaganini, negaki "har qanday mezbon-davlat sifatida turli jarayonlar katalizatori boʻlib xizmat qilganini" aytdi.

"Moskvadagi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik davomida Moskvada Sheremetyevo aeroporti terminali, yangi uskunalarga ega telemarkaz qurib bitkazildi. Agar Oʻyinlarga qadar bizda uchta telekanal faoliyat yuritgan boʻlsa, keyin ular soni 21taga yetdi. Mehmonxona fondi ikki karra ortdi. Bular barchasi albatta, roʻy berardi, faqat 1980 yilga kelib emas. Bundan tashqari, biz Tallinda qudratli yelkanlar markazini, koʻplab mashgʻulotlar markazlarini, xususan, Sochidagi parus markazini barpo etdik. Bundan tashqari, Olimpiya oʻyinlari Leningrad, Kiyev va Minskda ham oʻtkazilar, u yerlarda ham katta hajmdagi ishlar amalga oshirilgan edi. "Olimpiada-80" uchun yigʻilgan mobil tele-markazlar yaqin vaqtlarga qadar faoliyat yuritdi", - deya hikoya qiladi Vitaliy Smirnov.

Stroitelstvo Sheremetyevo-2 k Olimpiade v Moskve
SPUTNIK / VLADIMIR BOGATЫREV
Stroitelstvo "Sheremetyevo-2" k Olimpiade v Moskve

Shuningdek, Moskvada Sovintsentr (Xammerovskiy tsentr) ham qurilgan boʻlib, keyinchalik u Xalqaro savdo markazi, deya atala boshlagandi. Uni sal keyin barpo etish rejalashtirilgandi, ammo, Smirnovning aytishicha, Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi raisi etib oʻsha vaqtda SSSR hukumati rahbari oʻrinbosari va SSSR Davlat qoʻmitasi raisi boʻlgan Ignatiy Novikov tayinlangani bunda juda katta foyda bergan.

"Novikov qoʻngʻiroq qilib, Trexgornaya manufaktura ortida Moskva daryosi qirgʻogʻida joylashgan xarobazorga chaqirgani kechagidek yodimda. Rezinka etiklarni kiyib, qurilish vagonchasi joylashgan joygacha loy kechib bordik, u yerda esa bizni kutib olgan erkak oldimizga xaritani yoydi: "Mana shu joyda Xammer janoblari yordamida xalqaro markazni barpo etmoqchimiz", dedi. Rejaga muvofiq qurilish 2000-yilga kelib bitishi kerak edi, lekin markaz Olimpiya oʻyinlariga tayyor boʻldi", - deya yodga oladi Vitaliy Smirnov.

"Sovintsentr"da butun boshli olimpiya qoʻmitasini - xalqaro qoʻmita, milliy olimpiya qoʻmitalari, federatsiyalarni jamlash rejalashtirilgan edi. Ular u yerda yashashi, anjumanlar va majlislar oʻtkazishlari kerak edi, ammo AQSH prezidenti Jimmi Karter tomonidan eʼlon qilingan boykot bu rejalarni barbod qiladi.

Generalnыy sekretar TSK KPSS Leonid Brejnev (sprava na perednem plane) i Prezident SSHA Djimmi Karter (sleva na perednem plane)
© Sputnik / Vladimir Akimov
Generalnыy sekretar TSK KPSS Leonid Brejnev (sprava na perednem plane) i Prezident SSHA Djimmi Karter (sleva na perednem plane)

"Hammasi qurib bitkazilgandi, u yerda son-sanoqsiz uskunalar bor edi, ammo unga amerikaliklar veto qoʻyishdi. Amerikaliklar bilan misli koʻrilmagan shartnoma qilgandik, televizion huquqlar uchun 75 million dollar "sof" daromad olgandik. Lekin hammasi muhrlandi. Va xorijiy mehmonlarni Xamer markazidan qirgʻoq boʻylab Olimpiadaning asosiy tadbirlariga - Lujnikiga olib borish rejasi amalga oshmadi – XOQ aʼzolarini "Moskva" mehmonxonasining yangi qurilgan qismiga joylashtirishga, XOQ sessiyasini Kolonna zalida oʻtkazishga toʻgʻri keldi. Bu bizga qoʻshimcha qiyinchiliklar tugʻdirardi, ish tartibimizda yugur-yugurlar roʻy berdi. Yanvardan boshlab hammasini boshidan rejalashtirishga toʻgʻri keldi", - deydi Vitaliy Smirnov.

Uning ishonch bilan taʼkidlashicha, Olimpiada oʻzini oqlaydimi, degan savolga qatʼiy biron javob aytish mumkin emas. Albatta, xarajatlar ulkan boʻladi, ammo Oʻyinlar oʻtkazilishiga pul jalb etiladi, ish joyi tashkil etiladi, sport turlarigina emas, balki sogʻlom hayot tarzi va tadbirlar boʻlib oʻtayotgan shaharlarning oʻzi ham reklama qilinadi.  Bu esa oʻz navbatida turistlar oqimi, turistik biznesning rivojlanishi demakdir.

Sobiq kazarma, boʻgʻusi qamoqxona, aholi yashaydigan rayon

Vitaliy Smirnov Olimpiadalarni oʻzaro solishtirib boʻlmaydi degan fikrda. Ularning har biri oʻzicha yaxshi, ammo parallellarni oʻtkazsa boʻladi. Misol uchun, yashash sharoitlari boʻyicha.

"Tokioda 1964 yilda oʻtgan Yozgi olimpiada oʻyinlaridagi Olimpiya qishlogʻi menga haddan yoqardi. Garchi u bunga qadar amerika harbiy xizmatchilari yashagan sobiq kazarma boʻlgan boʻlsa ham. Men oʻsha vaqtda suv polosi federatsiyaga rahbarlik qilardim va sportsmenlar bilan birgalikda 30ta krovat turgan bitta xonada yashaganman. Lekin oʻsha vaqtda hammasi bizga manzur edi, u boshqa davr boʻlgan, buning ustiga ovqat, shu paytgacha umrimizda koʻrmagan mevalar biz uchun bepul edi", - deya hozirgacha hayratini yashirmaydi Smirnov.

Sovetskaya Olimpiyskaya komanda na parade v den otkrыtiya XVIII Olimpiyskix igr v Tokio v 1964 godu
© Sputnik
Sovetskaya Olimpiyskaya komanda na parade v den otkrыtiya XVIII Olimpiyskix igr v Tokio v 1964 godu

U shuningdek, Olimpiya qishlogʻi avtotransport uchun toʻliq yopib qoʻyilganini, sporstmenlar hudud boʻylab deyarli har qadamda parkovka qilingan velosipedlar yordamida harakatlanishganini ham yaxshi xotirlaydi. Velosipedga minib, kerakli manzilga yetib olinsa boʻldi, qoldirilgan joyida uni boshqa sportchi olib ketardi.

Amerikaning Leyk-Plesidida 1980 yilda oʻtgan qishki Oʻyinlarda sportchilar qamoqxonada yashashga majbur boʻlganlar.

"Olimpiya oʻyinlari uchun obʼyektlar tayyorlanayotganida, keyinchalik ulardan qanday foydalanish masalasi albatta koʻrib chiqiladi. Leyk-Plesida esa olimpiya qishlogʻi yoki uning bir qismi Oʻyinlar yakunlangach balogʻat yoshiga yetmaganlar uchun qamoqxona sifatida foydalanilishi rejalashtirilgan edi. U yerda hech qanday simli toʻsiqlar yoki panjaralar boʻlmasada, ammo xonalar sportchilar uchun moʻljallanmagan edi - bu eniga tor kameralar boʻlib, butun delegatsiyani toʻplashga imkon yoʻq edi", - deya esga oladi Vitaliy Smirnov.

Uzkiy gostinichnыy nomer v olimpiyskoy derevne Leyk-Plesida
© Sputnik / Dmitriy Donskoy
Uzkiy gostinichnыy nomer v olimpiyskoy derevne Leyk-Plesida

U oʻsha vaqtda XOQ vitse-prezidenti boʻlgan, SSSR jamoasi qanday joylashganini koʻrish uchun kelib, juda kulgili bir holatga guvoh boʻlgan. Sportchilarni qoʻllab-quvvatlagani Iosif Kobzon kelgan boʻlib, u qoʻshiq kuylayotgan tor xona odamlarga liq toʻla, nafas olishga imkon yoʻq edi. Sovet sportchilari oʻrtasida esa "hech narsani tushunmasada, ammo, Kobzonni ogʻzini lang ochib tinglayotgan" amerikalik politsiyachi turgandi.

Bu oʻyinlar shunisi bilan ham esda qolgandi-ki, oʻsha vaqtda Amerika prezidenti Karter Moskvadagi olimpiadaga boykot eʼlon qilgan, va davlat kotibi Sayrus Vens Leyk-Plesidga XOQdan ushbu oʻyinlarga boykot eʼlon qilinishini soʻragani  kelgan edi.

"Ammo Xalqaro olimpiya qoʻmitasi uning talabini keskin rad etdi", - deydi Smirnov.

U Moskvadagi Olimpiya qishlogʻidan samimiy hayratini yashirmaydi. Avval boshdan olimpiya qishlogʻi mikrorayon sifatida rejalashtirilgan va Oʻyinlar tugagach navbatda turganlar oʻz boshpanalariga koʻchib kirgandilar.

Hatto madaniy markaz ham rejaga muvofiq ishlatilgan va hozirgacha ham faoliyat koʻrsatib keladi.

"Olimpiya qishlogʻida yashash sharoitlari ajoyib edi - gilamlar, televizorlar, muzlatkichlar. Kvartirada ikki kishidan yashashar, oshxonada yetarli miqdorda choy, qahva, shakar bor edi, hatto u-bu narsa pishirish mumkin edi. U yerda ekilgan daraxtlarni aytmaysizmi, park zonasinichi? Gʻaroyib gʻoya. Eslatib oʻtishim joizki, biz 140ta davlatdan 15 ming kishiga umid qilgan edik, ammo boykot tufayli 80ta davlatdan 6-7 ming kishi keldi, xolos", - deydi Vitaliy Smirnov.

Jilaya komnata dlya sportsmenov v odnom iz domov olimpiyskoy derevni v Moskve
© Sputnik / Miranskiy
Jilaya komnata dlya sportsmenov v odnom iz domov olimpiyskoy derevni v Moskve

Brejnev maktub yozganmidi

Moskvada oʻtkazilgan Olimpiadadan koʻp yillar oʻtib, Leonid Brejnev vafotidan soʻng KPSS MQ bosh kotibi Politbyuro koʻrib chiqishi uchun yozgan maktub haqida gapira boshladilar. Brejnev unda qilinadigan ulkan sarf-xarajatlar tufayli, Moskvada oʻyinlarni oʻtkazish maqsadga muvofiqligi haqida ikkilanayotgani haqida maʼlum qilgan.

"Men bu haqda oradan koʻp yillar oʻtgach xabar topdim va ushbu maktub boʻlganiga shubham bor. OOʻ-80 tashkiliy qoʻmitasi rahbari Novikov men bilan samimiy edi, u esa Brejnev bilan birga oʻsgan va oʻqigan, ular yaqindan muloqot qilardilar, hatto tugʻilgan sanalari orasida ham uch kunlik farq bor edi, xolos. Lekin Novikov menga bu haqda hech qachon aytmagan. Novikovni MQ partiyasi kotibiyatiga, baʼzan Politbyuroga chaqirib turishar, u hamisha meni oʻzi bilan birga olar, chunki u yerda faqatgina men javob bera oladigan maxsus savollar boʻlardi. Lekin u yerda ham bu mazmundagi birorta gapni eshitmaganman", – deydi Vitaliy Smirnov.

U shunday maktub paydo boʻlishini inkor etmaydi, nega deganda Politbyuro aʼzolari tabdir koʻlamini tasavvur etmaganlar – "axir bu shunchaki sport tadbiri emas, bu xavfsizlikni taʼminlash, viza, epidemiologik ishlar, delegatsiya aʼzolarini sugʻurtalash, tibbiy yordam koʻrsatish va hokazo masalalar edi".

© Sputnik / Vladimir Akimov
Generalnыy sekretar TSK KPSS Leonid Ilich Brejnev (tretiy sprava) na tseremonii otkrыtiya XXII Olimpiyskix igr v Moskve

Bundan tashqari, Oʻyinlar tashkilotchisi boʻlgan davlat barcha davlatlarga - simpatiya yoki dushmanlik kayfiyatidan qatʼiy nazar - barchaga taklifnoma yuborishi shartligi - koʻpchilik uchun syurpriz boʻlgandi, deydi Vitaliy Smirnov. Misol uchun, Politbyuro Olimpiadaga oʻrtada hatto diplomatik munosabatlar mavjud boʻlmagan Chili, Janubiy Koreya va Isroil vakillarini taklif etishdan keskin bosh tortardi, ammo keyin maʼlum boʻldiki, Moskva shu tufayli oʻyinlarni oʻtkazish huquqidan mahrum etilishi mumkin ekan. Endi bu masalaga koʻnikilgan ham ediki, yangisi boʻy koʻrsatdi - Gʻarb derjavalari AQSH boshchiligida Moskvadagi Olimpiadaga boykot eʼlon qildilar.

"Brejnev Olimpiya oʻyinlari uning uchun qanday ahamiyatga egaligini aʼlo darajada tushunardi - har qanday davlat arbobi uchun bu buyuk voqea edi. U oʻyinlar ochilgani haqida mashhur jumlani aytganida butun dunyo uni kuzatdi. Lord Killanin sakkiz yil davomida XOQ prezidenti boʻlgan, men olti yil unga oʻrinbosar boʻlganman. Biz juda yaqin edik. Va u menga kunlarning birida shunday degandi: "Vitaliy, nadomatlar boʻlsinki, Olimpiya oʻyinlari kabisa yilida, AQSH prezidentiga saylovlar boʻlib oʻtadigan yilda boʻlib oʻtmoqda, bu vaqtda hamisha siyosiy kartalar oʻynaladi".

Brejnev, albatta, buni tushunardi. Agar shunday mazmundagi xat boʻlgan boʻlsa ham, Brejnev uni Politbyuroga kiritgan va buni faqatgina oʻzini sugʻurtalash uchun qilgan", - deya taxmin qiladi Vitaliy Smirnov.

Olimpiya oʻyinlari faqat Gretsiyada

"Oʻz vaqtida Gretsiya bosh vaziri Konstantinos Karamanlis uzluksiz oʻyinlarni oʻtkazish taklifini ilgari surgan edi. Faqat bu oʻyinlar Gretsiyadagina oʻtkazilishi shart edi. Meni hatto MQga chaqirishdi. Yaxshi gʻoyaligini aytib, menga greklar bilan umumiy tarix bogʻlab turishini, madaniyatimiz birligi, demak ularni qoʻllab-quvvatlashimiz kerakligi haqida maslahatlar oʻqishni boshlashdi va Gretsiyaga sport inshootlarini qurishda yordam berish lozimligi qoʻshimcha qilindi. Men esa bunga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini aytdim", - deydi Smirnov.

Partiya funktsionerlarining asosiy gʻoyasi - endilikda bizda Olimpiadalar bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelmasligida edi, ammo men bunga javoban ularga hech kim kelajakda siyosiy ziddiyatlar boʻlmaydi, deya kafolat berolmasligini aytdim.

Shunday qilib, SSSR partiya rahbariyatini Gretsiya bosh vaziri soʻzlari ortida sport majmualarini qurish uchun mablagʻlarni qoʻlga kiritish va oʻyinlarni oʻtkazish maqsadi yotgani, bularning barchasi unchalik yomon emasligini, ammo Oʻyinlar taqdiri soʻroq ostida qolishi mumkinligiga koʻndirishga muvaffaq boʻlindi.

Prazdnichnoye shestviye sportsmenov vo vremya otkrыtiya XXII letnix Olimpiyskix igr v Moskve.
© Sputnik / Sergey Subbotin
Prazdnichnoye shestviye sportsmenov vo vremya otkrыtiya XXII letnix Olimpiyskix igr v Moskve.

"Bu boshi berk koʻchaga kirish bilan teng edi, Olimpiya oʻyinlari shu bilan oʻlardi. Axir har bitta Olimpiada oʻyinlari - bu bayram. Katta-katta mablagʻlar sarflanadi va topiladi. Hozirda oʻyinlar vaqti qoldirilgani uchun yaponlar qanday ahvolga tushishganini yaxshi tushunaman. Ular ulkan mablagʻlar - 3 milliard dollar tikishgan va 30 yoki 50 milliard ishlab topishni koʻzlashgan, va kutilmaganda barchasi bekor boʻldi. Yaponlar esa sportni juda sevadilar. Naganoda 1998 yilda uzunlikdan sakrovchilar lыjalarda tramplindan muvaffaqiyatli sakrashgan va 100 mingdan ziyod tomoshabinlarni toʻplashgan edi. Tasavvur qilyapsizmi, lыjalarda sakrayotganlarni va 100 ming kishilik olomonni! Mana shu Olimpiya oʻyinlari boʻladi!", - deya xotima qiladi Viktor Smirnov.

Mavzu:
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)

Asosiy mavzular