17:28 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Sport
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
21210

Superliganing “Paxtakor”, “Buxoro” hamda “Surxon”da umumiy hisobda oʻndan ziyod virus yuqtirib olgan futbolchilar bor.

TOSHKENT, 20 iyul — Sputnik. Futbol boʻyicha Coca-Cola Superligasi 10-tur oʻyinlari qoldirildi. Bu haqda Professional futbol ligasi rasmiy saytida xabar qilindi.

Xabarda yozilishicha, Superliganing uch klubi — “Paxtakor”, “Buxoro” hamda “Surxon”da umumiy hisobda oʻndan ziyod virus yuqtirib olgan futbolchilar bor.

“Coca-Cola Superligasi uchrashuvlari 28 iyulga qadar toʻxtatiladi va shu kuni chempionat 10-turdan boshlab davom ettiriladi. Taqvimning keyingi ehtimoliy koʻrinishlari alohida muhokama etiladi. TV dasturlar vaqtiga xalal bermaslik maqsadida 10-tur uchrashuvlarining barchasi 19:00 da start oladi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu qaror 20 iyul kuni klublar ishtirokida boʻlib oʻtgan videokonferentsiyadan keyin qabul qilingan.

Shu vaqt mobaynida Superliganing barcha klublari bor diqqat-eʼtiborini futbolchilar salomatligiga qaratadi. Klublarning barchasi xususiy klinikalar bilan hamkorlikda test topshiradi. Bunda OʻzPFL oʻzi roʻyxatdan oʻtkazgan barcha futbolchi va murabbiylar test topshirganiga ishonch hosil qilishi kerak boʻladi. Test javoblarini toʻliq taqdim etmagan klublar qolgan jamoalar futbolchilar salomatligini xavf ostida qoldirmaslik uchun musobaqaga qoʻyilmaydi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Paxtakor” klubining besh nafar oʻyinchisi koronavirus bilan kasallangani xabar qilingan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
Teglar:
futbol, Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular