Habib Nurmagomedov o‘z karyerasida so‘nggi jangni o‘tkazishi mumkin

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishXabib Nurmagomedov: press-konferensiya rossiyskix boysov smeshannix yedinoborstv
Xabib Nurmagomedov: press-konferensiya rossiyskix boysov smeshannix yedinoborstv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kanadalik 39 yoshli yakkakurash ustasi Sen-Pyer Habib bilan jangga kirish uchun karyerasini qaytadan boshlashga tayyor ekanini ma’lum qildi.

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Habib Nurmagomedov o‘z karyerasida so‘nggi jangni kanadalik yakkakurashchi Jorj Sen-Pyerga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqida UFC rahbari Deyna Uayt o‘z Tvitterida xabar qildi.

“Konnor qasos jangi o‘tkazishni istaydi. U buni Nurmagomedov bilan bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangidan beri istaydi. Bilmadim buni tashkil qilishni iloji bo‘ladimi yo‘qmi. Agar Nurmagomedov so‘nggi jangini Sen-Pyerga qarshi o‘tkazishni e’lon qilsa, albatta bu jangni tashkil qilish mumkin. Habib sport va janglarda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Habibi menga juda yoqadi, shuni uchun men uni u nimaki istasa - tashkil qilishga roziman”, - deydi Uayt.   

Ushbu yilning oktabrida BAAda bo‘lib o‘tadigan jangda Habibning raqibi  amerikalik Djastin Getji bo‘lishi kutilmoqda.

Biroz oldin Habib Sen-Pyerga qarshi kurash o‘tkazishi mumkinligini xabar qilgan edi, lekin kanadalik sportchi 2019-yilda karyerasi tugaganini ma’lum qildi. 39 yoshli Sen-Pyer faqat Nurmagomedovga qarshi kurash uchun rinngga qaytishi mumkinligini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov 3-iyul kuni koronavirus oqibatidan vafot etgan edi. Shundan so‘ng Habib otasi Dog‘istonda olib borgan bir necha sport inshootlarini qurib bitkazish uchun o‘zining sport karyerasini tugatishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Yangiliklar lentasi
0