Mahmud Murodov UFC’dagi navbatdagi jangini oktabrda o‘tkazadi

© Facebook / Makhmud "Mach" MuradovMaxmud Muradov
Maxmud Muradov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov UFC’dagi uchinchi jangini polshalik Kshishtof Yotkoga qarshi 17-oktabrda o‘tkazadi.

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. UFC bilan shartnoma imzolagan ilk o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov navbatdagi jangini 2020-yilning 17 oktabrida o‘tkazadi. Bu haqda sportchi o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Do‘stlar, keyingi jangim 17 oktabrda Kshishtof Yotkoga qarshi bo‘lib o‘tadi. Xudo xohlasa, tez orada sizlarni yana bir g‘alaba bilan xursand qilaman! Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga katta rahmat” — deb yozib qoldirgan u.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Makhmud “Mach” Muradov (@makhmud_muradov)

Polshalik Kshishtof Yotko MMA’dagi faoliyati davomida 26 ta jang o‘tkazib, shularning 22 tasida g‘alaba qozongan, 4 tasida esa mag‘lubiyatga uchragan.

Mahmud Murodov UFC’da hozirgacha ikkita jang o‘tkazgan. Har ikki jangda uning qo‘li baland kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mahmud Murodovning UFCʼdagi uchinchi jangi bekor qilingani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0