07:52 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Sport
Havola olish
136 0 0

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida “Toshkent–2025” yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish direktsiyasi tashkil etiladi.

TOSHKENT, 10 avg — Sputnik. “2025 yilda Oʻzbekistonda yoshlar oʻrtasidagi IV yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida “Toshkent–2025” yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazish direktsiyasi tashkil etiladi.

Osiyo oʻyinlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda uning doirasida koʻrgazmalar, konferentsiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish Direktsiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Shuningdek qaror bilan, “Toshkent–2025” yozgi Osiyo oʻyinlarini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Asosiy mavzular