19:30 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Sport
Havola olish
46220

Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi va triatlon federatsiyasining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Bugun Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi va triatlon federatsiyasining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.

“Soʻnggi paytlarda har ikki tashkilotga muvaffaqiyatli rahbarlik qilgan Otabek Umarovning asosiy vazifasida ish hajmining ortganligi, qolaversa, mamlakatimizdagi epidemiogolik vaziyatdan kelib chiqqan holda Otabek Muhammadaliyevichning rahbar sifatidagi oʻz vakolatlarini muddatidan avval tugatish toʻgʻrisidagi arizasi qanoatlantirildi”, - deyilgan xabarda.

Yigʻilish davomida triatlon federatsiyasi raisligiga Oʻzbekiston Xavfsizlik kengashi Kotibi Viktor Mahmudov, MMA assotsiatsiyasi raisligiga esa Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Bahodir Kurbanovlar bir ovozdan saylanishdi.

Asosiy mavzular