OAV: “Barselona” Messini “Manchester Siti”ga sotishga rozi bo‘ldi

© REUTERS / ALBERT GEALionel Messi
Lionel Messi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, “Barselona” hujumchisi Lionel Messini Angliyaning “Manchester Siti” klubiga 280 million yevroga sotishga tayyor.

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi hujumchisi Lionel Messini Angliyaning “Manchester Siti” klubiga 280 million yevroga sotishga tayyor. Bu haqda Mirror nashri xabar qilmoqda.

Futbol. ChM-2018. Match Argentina - Islandiya - Sputnik O‘zbekiston
"Og‘ir sinov". Mutaxassis Messining "Barselona"dan ketish qarorini izohladi

Nashr manbasi ma’lumotiga ko‘ra, “Barselona” futbolchilarni o‘zaro almashish va qo‘shimcha to‘lov olish variantini ham ko‘rib chiqishga tayyor.

Avvalroq argentinalik futbolchi Lionel Messi “Barselona”dan ketishini ma’lum qilgan edi. OAV xabariga ko‘ra, Messining o‘zi ham “Manchester Siti”ga o‘tish istagini bildirgan. Shuningdek, Messi bilan shartnoma imzolashga Fransiyaning  “Pari Sen-Jermen” va Italiyaning “Yuventus” klublari da’vogarlik qilayotgani aytilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0