O‘zbekiston-Tojikiston o‘rtoqlik uchrashuviga hakamlar tayinlandi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishMach
Mach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Lokomotiv” stadionida Tojikistonga qarshi maydonga tushadi. O‘yinni o‘zbekistonlik hakamlar boshqaradi.

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini Axrol Risqullayev boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, mazkur bahs o‘zbekistonlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi.

Bosh hakam - Axrol Risqullayev, yon qanot hakamlari - Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Lokomotiv” stadionida Tojikistonga qarshi maydonga tushadi. Bahs soat 19:00da boshlanadi.

Yangiliklar lentasi
0