13:40 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Sport
Havola olish
203 0 0

Musobaqada ishtirok etishni rejalashtirganlar 10-sentyabrga qadar talabnoma taqdim etishlari mumkin. Bu eng soʻnggi muddat

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Oʻzbekistonda "Bosh vazir kubogi-2020" futbol musobaqalari start olmoqda, deb xabar qiladi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 4-12-oktyabr kunlari vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning xodimlari oʻrtasida futbol musobaqalari tashkil etiladi.

Shu maqsadda "Bosh vazir kubogi" musobaqalarida qatnashish uchun mamlakatda faoliyat olib borayotgan 150dan ortiq vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarga taklifnomalar yuborildi.

Musobaqada ishtirok etish uchun talabnoma taqdim etishning soʻnggi muddati etib 10-sentyabr belgilangan.

Oʻtgan yili ilk marotaba tashkil etilgan musobaqalarda 64ta jamoa ishtirok etgan. Bir haftadan oshiqroq davom etgan qizgʻin va murosasiz bahslarda bosh sovrinni Oʻzbekiston Oliy sudi jamoasi qoʻlga kiritgan edi.

Asosiy mavzular