01:20 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Sport
Havola olish
542 0 0

Yengil vazn toifasida UFC chempioni “sogʻligʻi imkon berishiga qadar” janglarda ishtirok etishni davom ettirishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov “sogʻligʻi imkon berishiga qadar” janglarda ishtirok etishni davom ettirishini maʼlum qildi. Bu haqda u  Jang sanʼati forumi doirasidagi onlayn konferentsiyada maʼlum qildi.

“Juda koʻp savollar bor: “Qachon yakunlaysan?” Tushunaman, odamlar gʻalabalarimdan charchashdi, biror bir yangilikni istashadi. Tanam imkon berar ekan, yanada kuchli boʻlar ekanman, faoliyatimni yakunlash borasida aniqlik yoʻq. Kurasha olishim, oʻz vaznimda eng zoʻr boʻlish va ogʻir yuklamalarni qabul qila olishimni his qilar ekanman, ketish haqida oʻylamayapman <...> Kuch-quvvatdan qola boshlaganimni anglashim bilanoq, sportdan ketaman”, - dedi sportchi.

Nurmagomedov soʻnggi jangini 2019 yil 7 sentyabr kuni oʻtkazgan edi. Oʻshanda amerikalik Dastin Poryeni taslim etib, kamarini himoya qilgan edi. Habib barcha janglarida gʻalaba qozongan. Janglarda uning 28 marta qoʻli baland kelgan, biror marta ham magʻlubiyat alamini totib koʻrmagan.

Uning keyingi jangi joriy yil 24 oktyabr kuni Abu-Dabida boʻlib oʻtadi. U amerikalik Jastin Getji bilan boʻlajak jangda chempionlik unvonini himoya qiladi.

Asosiy mavzular