Eng ko‘p daromad oladigan futbolchilar ma’lum qilindi

© REUTERS / Christian HartmannFutbolist Lionel Messi
Futbolist Lionel Messi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Forbes” jurnali Lionel Messini dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchisi deb topdi. Uning yillik daromadi 126 million dollarni tashkil etgan.

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. “Forbes” jurnali 2020-yilda dunyoning eng ko‘p daromad oluvchi futbolchilari reytingini e’lon qildi. “Barselona” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi reytingda birinchi o‘rinni egalladi.

Diyor Imamxodjayev naznachen ispolnyayushim obazannosti generalnogo direktora Professionalnoy futbolnoy ligi (PFL) - Sputnik O‘zbekiston
“O‘zbekistonlik bolalarda “yangi Messi” bo‘lish uchun imkoniyat yetarli” - Diyor Imomxo‘jayev

Messi yillik daromadi 126 million dollarni tashkil etgan. Kuchli uchlikdan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (117 mln dollar) va PSJ hujumchisi Neymar (96 mln dollar) o‘rin olgan.

Nufuzli nashrning top-10 ro‘yxatiga, shuningdek, Kilian Mbappe (42 mln dollar), Muhammad Saloh (37), Pol Pogba (34), Antuan Grizmann (33), Garet Beyl (29), Robert Levandovski (28) va David de Xea (27) kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0