06:34 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Sport
Havola olish
30510

Bir kunda kamida 10 ming, bir oy davomida 300 ming, bir yil davomida 3,6 mln qadam yurgan shaxsga barcha davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida 50 foiz imtiyoz berilishini hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etilishi mumkin.

TOSHKENT, 23 sen — Sputnik. “Ommaviy sportni rivojlantirish va sogʻlom turmush tarzini har bir fuqaroning hayotiga kiritishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Hujjatda  “Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 fevralga qadar:

a) aholini kunlik yurish va yugurishga targʻib qilish maqsadida “Yangi nafas” platformasini yaratsin va uning ishlash tartibini tasdiqlasin. Bunda, bir kunda kamida oʻn ming, bir oy davomida uch yuz ming, bir yil davomida 3,6 mln qadam yurgan shaxsga barcha davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida 50 foiz imtiyoz berilishini hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etilishini nazarda tutsin;

b) Adliya vazirligi “Yangi nafas” platformasini davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin”, - deyilgan.

Shuningdek, qarorga “Pandemiyani sport orqali yengamiz!” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan Oʻzbekiston Respublikasida 2020-2021 yillarda sport siyosatini jadallashtirish dasturi ilova qilingan.

Asosiy mavzular