“Spartak” Twitter᾽da o‘zbek tilida sahifa ochdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tish "Spartak"
 Spartak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvaning “Spartak” futbol klubi rasmiy Twitter ijtimoiy tarmog‘ida o‘zbek tilida sahifa ochganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 24 sen — Sputnik. Moskvaning “Spartak” futbol klubi Twitter ijtimoiy tarmog‘ida o‘zbek tilidagi sahifasini yurita boshladi.

“Klubimizga bo‘lgan muhabbat butun dunyodagi muxlislarimizni birlashtiradi. “Spartak”ning o‘zbek tilidagi akkauntini qabul qilib oling!”, - deyiladi klub xabarida.

O‘zbek tilidagi sahifada birinchi bo‘lib Oston O‘runov chiqish qilgan. 

“Oston O‘runovdan barchaga salom! “Spartak-Moskva” futbol klubining o‘zbek tilidagi rasmiy tvitter sahifasiga xush kelibsiz!”, - deyilgan xabarda.

​Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov avgust oyida rasman Moskvaning “Spartak” klubi o‘yinchisiga aylangan edi. Futbolchi Rossiya chempionatida uch marta maydonga tushdi. Mamlakat kubogi doirasidagi uchrashuvda esa “Rodina” darvozasiga debut golini kiritdi.

Yangiliklar lentasi
0