22:07 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Sport
Havola olish
25430

Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov amerikalik Jastin Getji bilan boʻlajak jang oldidan qanday mashq qilayotgani aks etgan suratni namoyish qildi.

TOSHKENT, 24 sen — Sputnik. Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Jastin Getji bilan boʻlajak jangga qanday tayyorgarlik koʻrayotgani aks etgan suratni Instagram'dagi sahifasiga joylashtirdi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Khabib Nurmagomedov (@khabib_nurmagomedov)

Yangi surat ayni vaqtda 318 mingdan ortiq layk toʻpladi. 

Nurmagomedov va Getji jang 24 oktyabr kuni Abu-Dabida UFC-254 doirasida oʻtkaziladi. Gʻolibga UFCning yengil vaznda chempionlik kamari taqdim etiladi.

"Tayyorgarlik avjiga chiqmoqda", - deb izoh yozgan suratga Nurmagomedov.

Nurmagomedov aralash yakkakurash yoʻnalishidagi karyerasida 28 jang oʻtkazgan, ularning barchasida gʻalaba qozongan.

Getji esa 22 ta jangda gʻalaba qozonib, 2 ta jangda magʻlubiyat alamini tortgan.

 

Asosiy mavzular