21:39 29 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Sport
Havola olish
243 0 0

Eronning eng nomdor klubini taslim etgan “Paxtakor” futbolchilari 11 yillik tanaffusdan keyin Chempionlar ligasi chorak finalida oʻynaydigan boʻlishdi.

TOSHKENT, 27 sen — Sputnik. Toshkentning “Paxtakor” klubi Osiyo chempionlar ligasida oʻz yurishini davom ettirmoqda. Qatarda boʻlib oʻtayotgan turnirning nimchorak finalida “sherlar” Eronning eng nomdor klubi “Istiqlol”ni 2:1 hisobda taslim etdi.

Toshkentliklar uchrashuvni juda faollik bilan boshlagan boʻlsalarda, bahsda hisobni ochish eronliklarga nasib etdi. Birinchi boʻlimning 32-daqiqasida tajribali Ali Karimi oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻyib, “Istiqlol”ni oldinga olib chiqdi.

Ushbu goldan soʻng “Paxtakor” futbolchilari oldinga tashlanishdi va boʻlim yakuni arafasida muvozanatni tiklashdi. 43-daqiqada qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov tomonidan jarima maydonchasiga havodan uzatilgan toʻpni Dragan Cheran boshi raqib darvozasiga aniq yoʻlladi.

Ikkinchi boʻlim boshida Eren Derdiyok Toshkent klubining tezkor hujumini gol bilan yakunladi. Qolgan vaqtda “Paxtakor” tehronliklarga imkoniyat qoldirmadi va hisob oʻyin yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Shu tariqa “Paxtakor” futbolchilari 11 yillik tanaffusdan keyin Chempionlar Ligasi chorak finalida oʻynaydigan boʻlishdi. Bungacha jamoa 2003, 2004 va 2009 yillarda musobaqaning chorak finalida oʻynagandi. 

“Sherlar” 28 sentyabr kuni qurʼa natijasiga koʻra oʻz raqibini bilib oladi.

Asosiy mavzular