OChL: “Paxtakor” chorak finalda qaysi jamoaga qarshi o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Osiyo chempionlar ligasining chorak finalida “sherlar”ga Eronning “Persepolis” klubi raqiblik qiladi. Bahs 30-sentabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 28 sen — Sputnik. Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo chempionlar ligasi G‘arb mintaqasi chorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘zining raqibini bilib oldi. “Sherlar”ga Eronning “Persepolis” klubi raqiblik qiladi.

“Paxtakor” vishel v chetvertfinal Ligi chempionov Azii - Sputnik O‘zbekiston
“Paxtakor” Osiyo chempionlar ligasi chorak finaliga yo‘l oldi

Ikkinchi juftlikdan esa Saudiya Arabistonining "Al Ahli" va "Al Nassr" klublari joy olishdi.

“Paxtakor”ning “Persepolis”ga qarshi bahsi 30-sentabr kuni “Jassim bin Hamad” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinni Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da Sport TV telekanalida tomosha qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” klubi Osiyo chempionlar ligasining nimchorak finalida Eronning “Istiqlol” klubini taslim etib, 11 yillik tanaffusdan keyin turnir chorak finaliga yo‘llanma olgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0