09:44 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Sport
Havola olish
169 0 0

“Jenoa” sport direktori Italiya futbol klubi tez orada Eldor Shomurodov tranferini amalga oshirishini tasdiqladi.

TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. “Jenoa” sport direktori Daniele Fadjiano Metaraitings portaliga bergan intervyusida Italiya futbol klubi tez orada Eldor Shomurodov tranferini amalga oshirishini tasdiqladi.

“Biz bitim shartlarini kelishib oldik. Oʻylaymanki, yaqin kunlarda Shomurodov Italiyaga keladi. Umid qilamanki, bu juda tez orada roʻy beradi”, - dedi Fadjiano.

Maʼlumotlarga qaraganda, "Jenoa" futbolchiga yiliga 700-800 ming yevro maosh taklif qilmoqda. Uning transferi uchun 9 mln yevro sarflaydi. 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyaning “Rostov” klubida toʻp surayotgan oʻzbekistonlik futbolchi  Eldor Shomurodov A Seriyasi klubiga oʻtishi mumkinligi va unnga “Jenoa” klubi qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular