Temuriylar davridagi sevimli o‘yin: O‘zbekistonda Polo federatsiyasi paydo bo‘ldi

© AFP 2023 / LILLIAN SUWANRUMPHAIgra v polo
Igra v polo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasining raisi Bahromjon Gaziyev O‘zbekiston polo federatsiyasiga rais etib saylandi.

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. O‘zbekistonda yangi Polo federatsiyasi ish boshladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Bahromjon Gaziyev O‘zbekiston polo federatsiyasiga rais etib saylandi.

© Press-slujba NOKBaxromjon Gaziyev izbran predsedatelem Federatsii polo Uzbekistana
Temuriylar davridagi sevimli o‘yin: O‘zbekistonda Polo federatsiyasi paydo bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Baxromjon Gaziyev izbran predsedatelem Federatsii polo Uzbekistana

Gaziyev yangi lavozimga saylangani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Temuriylar davrida xalqimiz sevib o‘ynagan ushbu sport turini qaytarish vaqti keldi. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro polo federatsiyasi va boshqa tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz”, – dedi u.

O‘zbekiston polo federatsiyasining rahbariyati quyidagicha ko‘rinish oldi: Federatsiya raisi - Bahromjon Gaziyev, faxriy rais - Komiljon Karimov, rais maslahatchisi - Yakov Ribalskiy, rais o‘rinbosarlari Bahrom Mirmaksimov, Kseniya Gulyamova, Ahror Haydarov, bosh kotib: Abdurasul Mo‘minov.

Yangiliklar lentasi
0