Futbol: O‘zbekiston Dubayda BAAni mag‘lub etdi

© Assotsiatsiya futbola Uzbekistana Sbornaya Uzbekistana sigrala tovarisheskiy match s komandoy OAE
 Sbornaya Uzbekistana sigrala tovarisheskiy match s komandoy OAE - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Igor Sergeyev har ikkila gol muallifiga aylandi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Dubay shahrida Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Birinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi va hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida esa Igor Sergeyev himoyachilarning xatosidan foydalanib, jamoani oldinga olib chiqdi.

Bahs tugashiga 4 daqiqa qolganida Sergeyev Doston Hamdamovning uzatmasidan keyin jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llagan holda dublini nishonladi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa hakam O‘zbekiston darvozasi tomon penalti belgiladi. Raqib o‘yinchisi 11 metrli jarima zarbasidan foydalanib, hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi BAAga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Yangiliklar lentasi
0