Ronaldu koronavirusga chalindi

© AFP 2023 / Jonathan NackstrandPortugalskiy futbolist Krishtianu Ronaldo
Portugalskiy futbolist Krishtianu Ronaldo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronalduning koronavirusga topshirgan test natijasi musbat chiqdi.

TOShKENT, 14 okt — Sputnik.  Turinning "Yuventus" va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu koronavirusga chalindi. Uning test natijasi musbat chiqdi, deb xabar beradi RIA Novosti Portugaliya Futbol Federatsiyasiga (FPF) asosan.

Qayd etilishicha, 35 yoshli hujumchida hech qanday alomatni sezmayapti, u o‘zini o‘zi yakkalagan.

Ronaldu milliy terma jamoaning navbatdagi o‘yinlaridan vaqtinchalik ozod etildi, chorshanba kuni Lissabonda millatlar ligasi guruh bosqichida Shvetsiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.

Terma jamoa matbuot xizmati mehmonxona balkonida turgan Ronalduning suratini e’lon qildi.

11 oktabr kuni Ronaldu Millatlar ligasi doirasida Parijning Sen-Deni shaharchasida bo‘lib o‘tgan Fransiya jamoasiga qarshi 90 daqiqa to‘p surdi. O‘yin durang bilan yakunlandi.

Yangiliklar lentasi
0