08:24 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Sport
Havola olish
158 0 0

Minsk shahrida boks boʻyicha V.V.Botvinnik xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir oʻtkazilmoqda. Bugun yarim final bellashuv natijalari maʼlum boʻldi.

TOSHKENT, 15 okt — Sputnik. Minsk shahrida boks boʻyicha V.V.Botvinnik xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir oʻtkazilmoqda.

Bugun musobaqa doirasida yarim final bellashuvlari davom etmoqda.

Hozircha kunduzgi janglarda toʻrt nafar oʻzbekistonlik bokschi ringga koʻtarildi. Oʻzbekistonlik bokschilarining biri finalga yoʻl oldi, uch nafari bronza medaliga sazovor boʻldi.

-49 kg: Ibrohim Ishjanov - Vladislav Smolovski (Belarus) 1:4

-49 kg: Avazjon Yoʻldoshev - Robert Badalian (Rossiya) 4:1

-64 kg: Umid Qadamboyev - Aleksandr Ziryanov (Rossiya) 0:5

-75 kg: Nurislom Ismoilov - Mixail Usov (Rossiya) 2:3

Kechki dastur janglarida yana ikki nafar respublika bokschilari ringga koʻtariladi. Unda Fayzullo Xudoyberdiyev (-52 kg) rossiyalik Yevgeniy Jorovga qarshi jang qilsa, Sirojiddin Xojakmetov (-69 kg) rossiyalik Dmitriy Zaxarovga qarshi bahs olib boradi.  

Asosiy mavzular