Mahmud Murodovning raqibi o‘zgardi

Obuna bo‘lish
Mahmud Murodovning UFC’dagi uchinchi jangi polshalik Kshishtof Yotkoga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo u olgan jarohati tufayli bo‘lajak jangda ishtirok eta olmaydi.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. UFC bilan shartnoma imzolagan ilk o‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodovning navbatdagi jangi oldidan raqibi o‘zgardi.

Uning uchinchi jangi polshalik Kshishtof Yotkoga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo u olgan jarohati tufayli bo‘lajak jangda ishtirok eta olmaydi.

“Afsuski, Kshishtof Yotko jarohat oldi, shuning uchun yangi shartnoma imzolashimga to‘g‘ri keldi. Musobaqa o‘tkaziladigan joy va sana o‘zgarmagan! 31-oktabr Las-Vegas”, - deya yozgan sportchi Instagram᾽dagi sahifasida.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Makhmud “Mach” Muradov (@makhmud_muradov)

Murodov endilikda amerikalik Kevin Hollandga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Holland 2015-yildan beri MMAda o‘z janglarini o‘tkazib kelmoqda. Hisobida 19 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat bor. 

Mahmud Murodov UFC’da hozirgacha ikkita jang o‘tkazgan. Har ikki jangda uning qo‘li baland kelgan.

Yangiliklar lentasi
0