22:50 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Sport
Havola olish
20410

Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasi tarixida asosiy tarkibda maydonga tushgan oʻzbekistonlik ilk futbolchi boʻldi.

TOSHKENT, 20 okt — Sputnik. Futbol boʻyicha Italiya A Seriyasining 4-turida “Jenoa” va “Verona” oʻzaro toʻqnashdi.

Ushbu oʻyinda genuyaliklar safida oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov debyut uchrashuvini oʻtkazdi.  U A Seriya tarixida asosiy tarkibda maydonga tushgan oʻzbekistonlik ilk futbolchi boʻldi.

Asosiyda tarkibda maydonga tushgan Eldor 63-daqiqada zaxiraga olindi. Uchrashuvda esa hisob ochilmadi.

Ushbu durangdan keyin “Jenoa” A Seriya turnir jadvalida 11-oʻringa koʻtarilgan.

Klub keyingi turda “Inter”ga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib oʻtamiz, Shomurodov yozgi transferlar oynasi vaqtida “Rostov”dan italyan klubiga oʻtgan edi.

Asosiy mavzular