Nurmagomedov o‘zbekistonlik jangchi-qizga omad tiladi

© AFP 2023 / Ethan MillerChempion UFC v legkom vese Xabib Nurmagomedov
Chempion UFC v legkom vese Xabib Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UFC chempioni Habib Nurmagomedov o‘zbekistonlik sportchi Liliya Shakirovaga UFC’dagi debut jangida omad tiladi.

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurash bo‘yicha MMA jangchisi, UFC chempioni Habib Nurmagomedov o‘zbekistonlik sportchi Liliya Shakirovaga bo‘lajak bellashuvda omad tiladi.

Bir necha kundan so‘ng, 24-oktabrda Liliya Shakirova UFC-254 turnirida ishtirok etadi, uning raqibi - amerikalik Loren Merfi.

Habib Nurmagomedovning o‘zi esa amerikalik Jastin Getjiga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Nurmagomedov aralash yakkakurash yo‘nalishidagi karyerasida 28 jang o‘tkazdi, ularning barchasida g‘alaba qozondi.

Getji esa 22 ta jangda g‘alaba qozonib, 2 ta jangda mag‘lubiyat alamini tortdi.

Yangiliklar lentasi
0