Habib Getji ota-onasining ko‘z o‘ngida unga ozor berishni istamadi - Kormye

© Getty Images/UFC / Mediabankka o‘tishUAE UFC Champion Nurmagomedov
UAE UFC Champion Nurmagomedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
UFC sobiq chempioni Daniyel Kormye Habib Nurmagomedov va Jastin Getji jangi yuzasidan izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Habib jang taktikasini o‘zgartirdi.

TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Yarim og‘ir va og‘ir vazn toifalarida UFC sobiq chempioni Daniyel Kormye Habib Nurmagomedov va Jastin Getji jangi yuzasidan izoh berdi.

Xabib Nurmagomedov  - Sputnik O‘zbekiston
Habib Nurmagomedov Jastin Getji bilan jangda g‘alaba qozondi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Habib jang davomida o‘z taktikasini o‘zgartirdi.

"Habib otasining sevimli og‘riqli usul -"armbar"dan foydalanmoqchi edi. Ammo keyinchalik u Getji ota-onasining ko‘z o‘ngida unga ozor bermaslikka qaror qildi. Habib "uchburchak "dan foydalanib, Jastinni “uxlatib qo‘ydi", - deydi sobiq jangchi.

UFC 254 musobaqasida Habib Nurmagomedov ikkinchi raundda Jastin Getji ustidan g‘alaba qozonib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Jangdan so‘ng rossiyalik chempion MMAdagi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi.

Sportchi 29 ta jangda o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan.

Yangiliklar lentasi
0