Samarqandda "yarim marafon" bo‘lib o‘tdi

© Olimpiyskiy komitetPolumarafon "Samarkand"
Polumarafon Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu yilgi Samarqand yarim marafoni - autizm kasalliklariga chalingan kishilar muammolariga e’tibor qaratish, ularni jamiyat ijtimoiy hayotiga jalb qilishga bag‘ishlangan.

TOShKENT, 2 noya - Sputnik. kecha 1-noyabr kuni Samarqandda “Samarkand Half Marathon” - an’anaviy yarim marafon bo‘lib o‘tdi. 

Samarkand half marathon - masofasi 21 km, 97.5 metr. G‘oliblar, Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Andrey Petrov - 1 o‘rin. Ayollar orasida Sitora Hamidovaga - 1 o‘rin. Hamidova masofani 1:11:58 soatda bosib o‘tib o‘zining 2-yil muqaddam o‘rnatgan mamlakat rekordini yangiladi.

Samarkand half marathon, erkaklar:
1. Andrey Petrov (Toshkent viloyati) – 1:05:42
2. Shohrux Davlatov (Surxondaryo) – 1:06:02 (shaxsiy rekord)
3. Otabek Toshquvvatov (Samarqand) – 1:06.53 (shaxsiy rekord)

Samarkand half marathon, ayollar:
1. Sitora Hamidova (Surxondaryo) – 1:11:58 (O‘zbekiston rekordi)
2. Marina Xmelenskaya (Jizzax) – 1:14:03 (shaxsiy rekord)
3. Yekaterina Tunguskova (Farg‘ona) – 1:15:50

© Olimpiyskiy komitetPolumarafon "Samarkand"
Samarqandda yarim marafon bo‘lib o‘tdi  - Sputnik O‘zbekiston
Polumarafon "Samarkand"

Musobaqa g‘olibi 12 million, ikkinchi o‘rin egasi 10 million, uchinchi o‘rin sohibi 8 million, shuningdek, to‘rtinchi va beshinchi o‘rin egalari mos ravishda 6 va 5 million so‘m pul mukofotlariga ham sazovor bo‘ldilar.

G‘olib va sovrindorlarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov taqdirladi.

Samarqand yarim marafoni - bu har yili xayriya maqsadlarda o‘tkaziladigan sport tadbiri bo‘lib, u O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi hamda Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida amalga oshiriladi.

© Olimpiyskiy komitetPolumarafon "Samarkand"
Samarqandda yarim marafon bo‘lib o‘tdi  - Sputnik O‘zbekiston
Polumarafon "Samarkand"

Bu yilgi marafonda ishtirokchilar diqqatini - autizm kasalliklariga chalingan kishilar muammolariga e’tibor qaratish, ularni jamiyat ijtimoiy hayotiga jalb qilishga bag‘ishlangan. Xayriya marafoni yordamida to‘plangan mablag‘lar O‘zbekistondagi autizm bilan kasallangan bolalar internatlaridan birida bolalar badiiy studiyasi tashkil qilishga yo‘naltiriladi. 

Odatda musobaqa yo‘nalishi ko‘hna va navqiron Samarqandning qadimiy yodgorliklari yonidan o‘tardi, lekin bu yilgi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda ishtirokchilarga onlayn yoki oflayn ishtirok etish tanlovi berilgan. Oflayn ishtirokchilar belgilangan masofani o‘zlari istagan joyda yugurib o‘tishlari mumkin. Ularning ishtiroki Strava dasturi orqali hisobga olinadi. 

 

Yangiliklar lentasi
0