10:14 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Sport
Havola olish
817 0 0

Mendez Oʻzbekistonni oʻzining sevimli joylaridan biri deb atadi va bu yerdai u oʻzini oʻz uyidagidek his qilayotganini aytib oʻtdi.

TOSHKENT, 3 noya - Sputnik. MMA - aralash jang sanʼatida eng koʻp chempion tarbiyalagan, Habib Nurmagomedovning ustozi - Xavyer Mendes Oʻzbekistonda ochiq mashgʻulot oʻtkazdi.

Xavyer Mendes provel master-klass v Uzbekistane
Xavyer Mendes provel master-klass v Uzbekistane

Mashgʻulotdan soʻng boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Mendez Oʻzbekistonda MMA uchun juda qulay sharoitlar yaratilganini va bu yerda juda yaxshi trenerlar borligini qayd etdi. 

“Oʻzbekistonlik sportchilar AKA (Amerikan Kickboxing Academy) borib oʻrganishga zarurat yoʻq. Sizlarda boks boʻyicha jahon chempionlari, dzyudo boʻyicha jahon chempionlari miqyosidagi murabbiylar bor. Endi asosiy vazifa ularni birlashtirib, bir joyda mashgʻulot oʻtkazishdir”, - dedi Mendez.

Instagramda qoldirgana postda Mendez Oʻzbekistonni oʻzining sevimli joylaridan biri deb atagan va yaqinda dunyo kuchli oʻzbek jangchilarini koʻrishi haqida ogohlantirgan.

Xavyer Mendes provel master-klass v Uzbekistane
Xavyer Mendes provel master-klass v Uzbekistane

“Men hozir oʻzimning sevimli joylarimdan biri– Oʻzbekistondaman. MMAning boʻlajak chempionlari bilan ishlash menga yoqdi. Dunyo, ehtiyot boʻl - MMA kamarlariga daʼvogar oʻzbekistonlik jangchilar kelmoqda”, - deb yozib qoldirgan oʻz instagramida Mendez.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda MMA asotsiatsiyasi 2019 yilning 23 oktyabrida tashkil qilingan, assotsiatsiya prezidenti etib Otabek Umarov tayinlangan edi.

Asosiy mavzular