15:26 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Sport
Havola olish
132 0 0

Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov menejeri Ali Abdel-Aziz jangchining oktagonga qaytishiga shama qildi.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Rossiyalik UFC chempioni Habib Nurmagomedov menejeri Ali Abdel-Aziz jangchining oktagonga qaytishiga shama qildi. Bu haqda u oʻzining Twitter’dagi sahifasida yozdi.

U oʻz tvitida Nurmagomedov jangda gʻalaba qozonishini bashorat qildi.

25 oktyabr kuni UFC 254 musobaqasida Habib Nurmagomedov amerikalik jangchi Jastin Getji ustidan gʻalaba qozonib, chempionlik unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Jangdan soʻng rossiyalik chempion MMAdagi faoliyatini yakunlashini eʼlon qildi.

Sportchi 29 ta jangda oʻtkazib, barchasida gʻalaba qozongan.

Nurmagomedovning Getji ustidan gʻalabasidan soʻng UFC rahbariyati vazn toifasidan qatʼiy nazar jangchilarning yangilangan reytingini taqdim etdi, unda Habib birinchi oʻrinni egalladi.

Asosiy mavzular